Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Neymar jarrohlik stoliga yotqizildi
“PSJ” hujumchisi Neymar bugun Braziliyada o'ng oyog'idagi jarohati bois jarrohlik stoliga yotqizildi. Braziliya OAVlari xabari ko'ra, operatsiya 2 soatu 15 daqiqa davom etgan. Amaliyotni Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lamar o'tkazgan. Unga “PSJ” shifokori Jerar Selen yordam bergan.“PSJ” bu borada rasman munosabat bildirgani yo'q.Ilgariroq Neymar operatsiyadan keyin 2,5 – 3 oy maydonga tusholmasligi va mavsumning qolgan qismini maydon tashqarisida o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchi Frantsiya chempionatining “Marsel” (3:0)ga qarshi bahsida jarohat olib maydonni tark etgandi. 
« Xabarlarga qaytish