LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:47
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Mirjalol Qosimov: "Yakuniy natija adolatli"
Superliga doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi. - Yangi mavsum start olganidan barcha xursand. O'yinga o'zgacha ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rgandik. AGMK jamoasini qanchalik jiddiy raqib ekanligini bilardik. Kumikov Olmaliqda ajoyib va kuchli jamoani shakllantirmoqda. AGMK himoyada zich o'ynab, qarshi hujumda xavfli o'ynaydigan jamoa sanaladi. Qolaversa standart vaziyatlarida ancha samarador futbol ko'rsatadi.Bugungi o'yinning dastlabki bo'limida futbolchilardagi his-hayajon o'zimiz o'ylagan o'yinni namoyish etishga to'sqinlik qildi. Bu narsa o'z ta'sirini o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz o'yini ancha o'nglandi. O'ylashimcha, yakuniy natija adolatli bo'ldi. Meni quvontirgan holat bu jamoamiz oxirigacha kurashdi. Futbolchilarni ko'zlarida ishtiyoqni ko'rdim. Mavsum endi boshlandi. Bizni juda qiziqarli va qizg'in o'tadigan chempionat kutmoqda. O'ylaymanki, o'yindan-o'yinga jamoamiz muxlislar ko'rishni istayotgan futbolni jamoamiz ishtirokida tomosha qilishadi.- Shohruh Gadoev bugungi o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagani nima bilan bog'liq?- Ayni paytda Gadoevga xorijdan taklif mavjud. Biz bu borada unga qiziqayotgan klub bilan muzokaralar o'tkazmoqdamiz. Tez orada yakuniy kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Shu boisdan ham Gadoev bugungi uchrashuvda ishtirok etmadi. Gadoevni jamoaga qaytarayotganimizda xorijdan taklif bo'lsa, unda uni qo'yib yuborishga kelishgandik.- Debyut o'yinini o'tkazgan futbolchilarga qanday baho berasiz?- Albatta har qanday yangi kelgan futbolchiga jamoaga qo'shilib, ko'nikib ketish uchun vaqt kerak. Nazorat uchrashuvlarida ularning hammasi yaxshi taassurot qoldirishgan. Ammo rasmiy o'yin boshqa. O'ylaymanki, yangi kelgan futbolchilar tez orada jamoamiz o'yiniga kirishib ketishadi. Yoshlar haqida gapiradigan bo'lsam, ular endi bo'ynilariga mas'uliyatni oladigan payt keldi. Ularga yoshlarga qaragandek munosabatda bo'lish noto'g'ri.- Nurmatov hozirgi mavjud tarkibdagi hujum chizig'i vakillari orasidagi tajribali futbolchilar sirasiga kiradi. Ammo bu futbolchi ko'p vaziyatlarda to'pni yo'qotdi, darvozaga aniq zarba berishda ham oqsadi. Bu birinchi marta sodir bo'lmayapti. Balki mashg'ulotlarda ushbu hujumchiga o'z xatolarini ko'rsatib, unga individual yondoshish kerakdir...- Biz mashg'ulotlarda barcha jihatlarni inobatga olamiz. Darvozabonlar, himoyachilar, yarim himoya va hujumchilarga ham alohida dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkaziladi. Kamchiliklar bor va biz buning ustida ish olib boramiz.
« Xabarlarga qaytish