Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Viktor Kumikov: "G'alaba qozonsak nohaqlik bo'lardi"
Superliga doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi. - O'ylashimcha, natija haqqoniy bo'ldi. Agarda biz g'alaba qozonganimizda nohaqlik bo'lardi. Chunki o'yin bobida "Bunyodkor" yaxshi ko'rindi. Ular ko'proq hujumga o'tishdi va vaziyatlar yaratishdi. Ammo ikkinchi tarafdan olib qaraganda, uchrashuv so'nggida gol qo'yib yuborish juda alamli.To'g'risini aytadigan bo'lsam, jamoamdan yaxshiroq futbolni kutgandim. Chunki yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida juda samarador yig'inlarni o'tkazgandik. Bugun jamoamni tanimadim.Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. Aksincha ular mavjud o'yinimizni kuchsizlantirib qo'yishdi. Faqatgina G'ulomhaydar G'ulomov bergan ko'rsatmamni yaxshiroq bajardi. No''monov va Polvonov o'zlaridan talab etilgan o'yinni namoyish eta olishmadi. Zafar Polvonov aslida asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Balki u o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlaydigan bo'lsa o'zini yaxshi his etishi mumkin.
« Xabarlarga qaytish