Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Xalk, Karrasko, Bakambu... Xitoy chempionatini kuzatishga sabab bo'la oladigan 10 futbolchi
Xitoyda qishki transferlar oynasi 28 fevral kuni yopiladi. Bu safar ham muxlislar xitoyliklarning aqlbovar qilmas xaridlarini kuzatib borishdi. Nikolas Gaytan, Yannik-Ferreyra Karrasko va Sedrik Bakambu Xitoy chempionatiga transfer qilindi. Undan oldin Xaver Maskerano ham o'sha erga etib bordi. Yangi futbolchilar orqali mamlakat milliy chempionati yanada qiziqroq bo'ladi."Tajribalilar"Xalk ("Shanxay SIPG" — 43 o'yin, 31 gol, 13 assitentlik)Braziliyalik futbolchi 2016 yili "Zenit"dan "Shanxay SIPG"ga o'tgandi. O'sha mavsumda u jarohati sababli faqatgina 7 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 to'p kiritishga erishdi. O'tgan mavsumda 17 gol urdi, biroq bu asosiy to'purar bo'lish uchun etmadi. Shundoq ham uning natijalari yaxshi: gollar va assistentlik juda ko'p. U o'z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda.Oskar ("Shanxay SIPG" — 22 o'yin, 3 gol, 9 assitentlik)Oskarning Xitoydagi debyut mavsumi xuddi jamoasi kabi unchalik sermahsul bo'lmadi. Biroq u "gol+pas" tizimida faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd eta oldi. Oskar maydonda "nayzaning uchi" hisoblanmaydi, tezkor qarshi hujum usiz tashkillashtiradi. Boshqa futbolchilar orqali boshlanadi. Milliy chempionat boshlanishiga 2 kun qolganida futbolchi va'da berdi: u jamoasi oltin medal qo'lga kiritmaguncha, hech qaerga ketmaydi.Eran Zaxavi ("Guanchjou Fuli" — 45 o'yin, 38 gol, 12 assitentlik)Bir vaqtlar Italiyada u o'zini ko'rsata olmagandi, Xitoyda esa yaxshi harakat qilmoqda. Xuddi Xalk kabi u ham Xitoy superligasida bir yarim yildan buyon harakat qilmoqda. O'tgan mavsumda u 27 gol kiritishga erishdi va eng yaxshi to'purar bo'ldi. Jamoasi "Guanchjou Fuli" bronza medal sohibidan 2 ochko kam jamg'arilgan holda 5-o'rinni egalladi.Aksel Vitsel ("Tyantszin Tsyuantszyan" — 27 o'yin, 4 gol, 2 assitentlik)Yana bir Rossiya chempionatida to'p tepgan futbolchi o'tgan mavsumda Xitoy jamoasiga o'tib ketdi. U "Zenit"da Evropa qit'asidagi faoliyatini davom ettirishni istamadi. Tasavvur qiling, bu klubdan ko'ra "Yuventus" tarkibida o'ynash biroz yoqimliroq. Shu boisdan Vitsel Piter jamoasida o'ynash ishtiyoqini yo'qotdi, buni o'zi ham e'tirof etdi. Endi u jurnalistlarga yuragi Rossiyaga ko'nikib qolganini, Osiyo qit'asiga moslashish qiyin kechayotganini aytib o'tdi. Hozircha uning Evropa qit'asiga qaytish niyati yo'q. U asosiy tarkibdan joy olgan va yiliga 18 mln evro maosh oladi.Vu Ley ("Shanxay SIPG" — 224 o'yin, 94 gol, 19 assitentlik)Vu "Shanxay SIPG"dagi faoliyatini klub 3-diviziondaligida boshlagan. Uning hisobida 2 rekord bor. Birinchisi - rasmiy o'yinda maydonga tushgan Xitoyning eng yosh futbolchisi (14 yosh, 287 kun). Ikkinchisi - rasmiy o'yinda gol kiritgan eng yosh futbolchi (16 yosh 289 kun). Endilikda Vu Ley Xalk, Oskar, Elkeson, Odil Ahmedov kabi futbolchilar bilan elkama elka to'p tepmoqda. O'tgan mavsumda u 20 gol bilan chempionat to'purarlar jadvalida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Xitoyda faqatgina mashhur legionerlarga emas, mahalliy futbolchilarga ham e'tibor qaratish kerak.Esekel Lavessi ("Xebey Chayna Forchun" — 43 o'yin, 22 gol, 23 assitentlik)PSJdan ketgan Lavessi katta maosh evaziga Xitoyga jo'nadi. Bu 2016 yilda sodir bo'lgandi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi Xitoyda 50 mln evroga yaqin mablag' ishlab topmoqda, bu esa uni dunyoning eng boy futbolchisiga aylantirmoqda. Biroq u yana Evropaga qaytishni istamoqda. Sababi so'nggi vaqtlarda Lavessini milliy termaga chaqirmay qo'yishdi. Yarim himoyachi mundialda o'ynab, milliy termaga yordam berish istagi borligini yashirmayapti. Xitoyda ahmoqona o'tgan ilk mavsumida u gol kiritishni uddalamadi. Navbatdagi mavsumda esa 20 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi, shuningdek, 15 golga assistentlik qildi. Yangi chempionatda Lavessi bundan-da ko'proq gol urish istagi borligini ma'lum qildi."YaNGILAR"Sedrik Bakambu ("Beytszin Goan")Bu mavsumda "Paxtakor"ga qaytib kelgan Egor Krimetsning sobiq jamoasi "Beytszin Goan" "Vilyarreal"dan aqlbovar qilmas - 90 mln evro evaziga Sedrik Bakambuni xarid qildi. Endi u tarixdagi eng qimmat afrikalik futbolchi. Bungacha bunday narxni xattoki Per-Emerik Obameyyangga ham taklif qilishmagandi. "Vilyarreal"ga Bakambuni sotib olish 40 mln evroga tushgandi. Nima bo'lgan taqdirda ham Xitoy chempionati yaxshi tomonga o'zgarmoqda.Nikolas Gaytan ("Dalyan Ifan")"Benfika" ham iqtidorlarni etkazib beradigan maskanlardan biri. Niklas Gaytan ham ana shu erdan chiqqan. Tabiiyki, u o'sha jamoasida qolishga qattiq harakat qildi. Kuchli beshlikning top jamoalaridan yaxshi takliflar bo'ldi va 28 yoshida u erni tark etishga ahd qildi. "Atletiko"da u o'zini ko'rsata olishi mumkindek ko'ringandi. Biroq asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Endi Gaytan o'zini Xitoy chempionatida ko'rsatmoqda. U 30ga kirgan, oz bo'lsa-da, Evropada to'p surishga kuchi etadi.Yannik-Ferreyra Karrasko ("Dalyan Ifan")Belgiyalik futbolchining jamoasini o'zgartirishi - qishki transferlar oynasining eng qiziq voqeasi bo'ldi. Gaytan bilan solishtiradigan bo'lsak, 24 yoshli futbolchining transfer ishlari tezlashib ketdi. Ha, u asosiy tarkibda muntazam harakat qilmadi, biroq "Atletiko"ning asosiy mexanizmlaridan biri edi. Futbolda shunday: Kecha EChL finalida "Real"ga gol urib, bugun Xitoyga ketib qolishing ham mumkin. Endi u ham faoliyatini Xitoy chempionatida rivojlantiradi.Xaver Maskerano ("Xebey Chayna Forchun")Xaver "Barselona" uchun 8 yilini bahshida qildi. Boshida Kataloniya klubi tarkibida yaxshi o'yin ko'rsata olmagandi, biroq vaqt o'tgan sayin jamoaga ko'nikib bordi va asosiy futbolchiga aylandi. Ha, "Barselona" o'zining qariya futbolchisini qo'yib yuborgandek. Balkim u Xitoyda faoliyatini ham yakunlashi mumkin. Ammo chempionatdagi ilk mavsumida terma jamoadoshi Esekel Lavessi bilan birga o'ynaydi.Mirjalol Normatov tarjimasi
« Xabarlarga qaytish