LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:57
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Umid Ahmadjonov Farg'ona va Buxorolik muxlislarga minnatdorchilik bildirdi
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliganing 1-turida stadiondagi ajoyib muhit yaratgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o'tdi. “Superliganing 1-turi juda ajoyib boshlandi. Farg'onada “Neftchi” va “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi mavsumning ochilish o'yinida qatnashdim. Shu kuni “Istiqlol” stadioniga 20 000 ga yaqin muxlis tashrif buyurib, o'yingohda haqiqiy bayramona muhit hukmronlik qildi. Mazkur muhitni yuzaga keltirishda sa'y-harakat qilgan klub mutassaddilari va birinchi navbatda farg'onalik futbol ishqibozlariga alohida minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Guvohi bo'lganingizdek, maydon egalari “Neftchi” futbolchilari ham bundan ruhlanib, kuchli tarkibga ega bo'lgan “Nasaf”ga qarshi shiddatli va hujumkor o'yin namoyish qilishdi. Aytmoqchi bo'lganim, muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishsa, maydonda ham shunga mos o'yin bo'ladi.Bugun bo'lib o'tgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yinda ham stadion muxlislar bilan to'ldi. Deyarli 14 000 ga yaqin muxlis o'zlarining sevimli jamoalari qo'llab-quvvatlash uchun Buxorodagi stadionga tashrif buyurishdi. Muxlislar bu o'yinda ham murosasiz o'yin guvohiga aylanishdi.Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga chorlab qolaman. Futbol Siz uchun, muxlislar uchun. Stadionlarga tashrif buyurib, o'z sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!” – dedi Umid Ahmadjonov.
« Xabarlarga qaytish