Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:47
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
No''mon Hasanov: “Bugun yutqazmadik. Bizga omad etishmadi”
Superliga 1-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No''mon Hasanov va Javohir Sidiqov ishtirok etishdi. No''mon Hasanov: - Bugun chiroyli o'yin, jang bo'ldi, deyishim mumkin. Futbolchilarga katta rahmat. Chunki ular barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Qo'qondan kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Boisi ular yaxshi niyatlar bilan kelishgandi. Bugun yigitlar bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Hali oldinda o'yinimizlar ko'p. Ishqibozlarimizni xursand qilamiz. “Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan. Tajribali futbolchilar to'plangan. Buxorodan ochko olib ketish boshqa jamoalarga ham oson bo'lmaydi. Bizda uchta golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalana olmadik. Bitta xato evaziga o'yinda mag'lubiyatga uchradik.  Bugun biz yutqazmadik. Bizga omad etishmadi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi xatolardan xulosa chiqaramiz.Javohir Sidiqov: - Avvalo, chiroyli o'yin bo'ldi. Bugun “Buxoro”ga o'z maydonida to'p surgani ham yordam berdi. Lekin bu bahona bo'la olmaydi. Chempionat bahslari hali oldinda. Biz o'tgan yilgi natijalarni qaytarishga harakat qilamiz.
« Xabarlarga qaytish