Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:22
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
PFL: Eng yaxshi muxlislar jamoasi taqdirlanadi
O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan 2018 yilgi mavsumda Superliga o'yinlari mavqeini yanada yaxshilash, stadionlarga muxlislar tashrifini ko'paytirish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bunga ko'ra, joriy mavsumda yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi balli tizim asosida aniqlanib boriladi. G'oliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga e'tibor beriladi:1.Har bir turda stadionlarga muxlislarning eng ko'p tashrif buyurishi – 15 ball;2.O'yin vaqtida stadionda muxlislar intizomi holati – 10 ball;3.Muxlislarning jamoalarini qo'llab-quvvatlashdan tashqari o'zlarining tashqi ko'rinishi, qo'llab-quvvatlovchi moslamalari – bannerlar, bayroqlar, do'mbira-yu karnay-surnaylar... kabi zarur vositalar bilan ta'minlanganlik holati - 10 ball.Mazkur mezonlar asosida har bir turda muxlislar jamoasi belgilangan ballik tizim asosida baholanib boriladi. Yakunda g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi, - deb yozadi PFL Rasmiy sayti.
« Xabarlarga qaytish