Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
JCh-2018ning eng g'alati stadioni tayyor (FOTO)
Ekaterinburgda Markaziy stadion foydalanishga topshirilishini e'lon qilishdi. 2018 yilning 28 fevral kuni Sverdlovsk viloyati infratuzilmani rivojlantirish va qurilish vazirligi stadion muxlislarni qabul qilish tayyor ekanligini tasdiqladi. JCh-2018 paytida va undan so'ng stadion "Ekaterinburg-Arena" deb ataladi va u o'z bag'riga 35000 muxlisni sig'dira oladi.Arenaning ikkita tribunasi stadion tashqarisida joylashgan (janubiy va shimoliy) va har biriga 6000 kishi joylashishi mumkin.Sxemada ular B va D tribuna sifatida ko'rsatilganTribuna juda mustahkam va bir necha yil qimir etmay ishlab beradi.A va C markaziy tribunalarga 25000 kishi sig'adi. Arenaning 1956 yilda qurilgan tarixiy kirish qismi saqlab qolindi.Endi arenaning ichiga kiramiz. Bu intevryular uchun mikst-zona.Kiyinish xonasi qora va olov rangda ishlangan.DushBu erda adashib qolishning iloji yo'q.Hojatxona, tibbiy punkt, kafe, bar, politsiya.Stadionning ichki qismi did bilan ishlangan.Bu esa videokuzatuv xonasi. Kerakli paytda sizni osongina topib olishadi.B va D tribunalardan joy olsangiz, maydonni bemalol ko'ra olasiz.Maydon ham mayli, bu joydan shaharning yarmini kuzatish imkoniyaga ega bo'lasiz.Bu VIP xonalar.Anjumanlar xonasi."Ekaterinburg-Arena"dagi B va D tribunasigi joylar FIFA rasmiy saytida to'rtinchi daraja sifatida ko'rsatilgan. Rossiyada istiqomat qiluvchilar bu joylar chiptalarini ancha arzonga xarid qilishlari mumkin.
« Xabarlarga qaytish