Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:17
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Jasur Yaxshiboev: "So'g'diyona" natija uchun harakat qildi"
Kecha O'zbekiston superligasi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" klubi futbolchisi Jasur Yaxshiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi."Jamoaviy o'yin evaziga "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratdik. "So'g'diyona" jamoasi bizga qarshi juda ham kuchli qarshilik ko'rsatdi. Jizzaxliklar bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. "So'g'diyona" natija uchun harakat qildi, lekin biz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganimiz uchun g'alaba qozondik. O'yin davomida ko'proq o'zimga ishonim raqib futbolchilarini aldashga kirishib ketdim. Lekin maydonga chiqishimdan oldin, jamoaga foydam tegsa va g'alabaga o'z xissamni qo'shsam shuni o'zi etarli, deya o'z oldimga maqsad qo'yaman. Keyingi turda juda ham kuchli bo'lgan raqib "Bunyodkor" jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Ushbu o'yinda kim ruhan, jismonan va texnik tomondan kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi, deb o'ylayman. Biz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. "Bunyodkor" jamoasi qarshi hujumda xavfli o'yin namoyish etadi. Biz mana shu qarshi hujumga tayyor bo'lishimiz kerak", - deydi Jasur YaxshiboevJahongir Sotvoldiev yozib oldi
« Xabarlarga qaytish