Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:05
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
FIFA prezidenti Hassan Ruhoniyni jahon chempionatiga taklif etdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Eronga tashrifi chog'ida mamlakat Prezidenti Hassan Ruhoniy bilan uchrashdi. Tashrif mobaynida Infantino dastlab Eron futbolining 100 yillik tadbirlarida ishtirok etdi. Shuningdek, "Ozodi" stadionida bo'lib o'tgan "Istiqlol" - "Persepolis" (1:0) derbisini kuzatib bordi. FIFA rahbari Eron sport vaziri Mas'ud Soltanifar bilan uchrashuv chog'ida Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasidagi siyosiy vaziyatni sportga aralashtirmasliklarini so'radi."Biz siyosatni juda yaxshi tushunamiz. Lekin sportni siyosatga aralashtirmagan ma'qul. Osiyo chempionlar ligasida Eron klublari Saudiya Arabistoni klublariga qarshi betaraf maydonlarda o'ynamoqda. Qaniydi barcha jamoalar uy uchrashuvlarini o'zida o'tkazsa, shunda sport siyosatdan xoli ekanini ko'rsatgan bo'lardik", - deya aytib o'tdi Janni Infantino.Infantino shuningdek, Eron hukumati rahbari Hassan Ruhoniy bilan ham uchrashdi. Uchrashuv chog'ida Ruhoniy shunday dedi:- "Odamlar, millatlar va yoshlarni birlashtirish uchun FIFA juda katta hajmdagi ishlarni bajaryapti. Eronda juda ko'plab fuqarolarimiz futbolga qiziqadi va FIFA bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarni ayniqsa yoshlar qoldirmay kuzatib boradi. Bizda sportning ko'p turlari rivojlanmoqda. Futbolda esa Eron Osiyoning etakchilari qatoriga kiradi".- "Eronda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham sport bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda 23 ming nafar ayol sportchimiz bor. Davlatimiz futbol bo'yicha xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish imkoniyatiga ega. Biz FIFA chiqarayotgan qarorlarni hurmat qilamiz".Uchrashuv so'nggida Janni Infantino Eron Prezidenti Hassan Ruhoniyni yozda bo'ladigan jahon chempionatiga taklif etdi.
« Xabarlarga qaytish