Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:21
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
"Lokomotiv" "Al Duhayl"ga qarshi yangi liboslarda o'ynaydi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi 6 mart kuni safarda "Al Duhayl" mehmoni bo'ladi. Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan mazkur bahs bizning vaqt bilan 20:00da boshlanadi. Yangi mavsum oldidan "Lokomotiv" stadionida tashkil etilgan tanishtiruv marosimida "Lokomotiv"ga bu yildan Orient Finans Bank titul homiylik qilishi haqida gap borgandi.Bizga ma'lum bo'lishicha, "Loko" futbolchilari Qatarda bo'lib o'tadigan "Al Duhayl" bilan o'yinda yangi liboslarda maydonga tushishadi va libos oldiga Orient Finans Bank yozuvi tushirilgan bo'ladi. Ma'lumot uchun, jamoa bungacha Uzbekistan Railways ("O'zbekiston temir yo'llari") yozuvli formalarda o'ynab keldi. Hatto Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum"ga qarshi bahsda ham "Lokomotiv" shu libosda to'p tepdi. Endi jamoa yangi liboslarda o'ynaydi.
« Xabarlarga qaytish