Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:04
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
LegionerUz. Temurxo'ja Abduxoliqov Yulduzlar Ligasidagi sakkizinchi golini urdi, Tursunovda golli pa
Qatar Yulduzlar Ligasida mavsum yakuniga yana 3 ta tur qoldi. O'zbekistonlik futbolchilar to'p suradigan klublar bunda oldilariga qo'yilgan vazifadan tobora uzoqlashib bormoqda. “As-Sayliya”Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan jamoa oldiga mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash vazifasi qo'yilgandi. Ammo “As-Sayliya” mavsumni qanchalik omadli boshlagan bo'lsa, 2-davraga kelib uni shuncha omadsiz davom ettirmoqda. Ketma-ket 5 ta o'yindan buyon zafar qucha olmay, 6-o'ringa tushib ketgani bundan dalolat beradi.Bu safar “As-Sayliya” turnir jadvalida o'zidan ortda qolayotgan “Al-Xor” klubini qabul qilib, 1:2 hisobida engildi. Mezbonlar 59-daqiqada Abduxoliqovning penaltidan urgan goli sabab oldinga chiqib olgandi. Yakunda esa 2 ta gol o'tkazib yubordi. 88 va 94-daqiqalarda hakam Abduxoliqovning ikki jamoadoshini maydondan chetlatdi.  Al-Sayliya Katars Stars Liga . 19-tur 02/03/2018, 22:10 2 : 1 Tugadi
« Xabarlarga qaytish