Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:20
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Bugun siz ko'rishingiz kerak bo'lgan 4 o'yin haqida
Bugungi kun muhim futbol uchrashuvlariga juda boy bo'ladi. Germaniya Bundesligasi, Italiyada printsipial raqiblar o'zaro to'qnash keladi. APLda esa Rafa Benitesning oldingi va hozirgi jamoalari o'yin o'tkazadi."Latsio" - "Yuventus". Shanba, 22:00O'zaro o'yinlar: 151"Latsio" g'alabasi: 35Durang: 36"Yuventus" g'alabasi: 80To'plar nisbati: 167-272Yaqindagina jamoalar Italiya kubogida bahs olib borishdi. To'g'ri, o'zaro o'ynashmadi. "Yuve" yana "Atalanta"ni kichik hisobda mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Latsio"da bunday bo'lmadi, ular Inzagi jamoasiga penaltilar seriyasiga ko'ra yutqazib qo'yishdi. Shu tufayli turnirning hal qiluvchi bellashuvida o'tgan yilgi holat takrorlanmaydigan bo'ldi."Latsio" va "Yuventus" - A Seriya turnir jadvalidagi "yon qo'shnilar". "Keksa sinora"lar "Napoli" bilan skudetto, "burgutlar" esa bronza va tabiiyki EChL pog'onasi uchun qattiq kurash olib bormoqda.Demak, Turin jamoasining ochko yo'qotishi mumkin emas, har qanday qoqilish chempionlik poygasi uchun katta halokat bo'lishi mumkin. "Napoli" esa 4 ochkolik farq bilan raqibni ortda qoldirmoqda, to'g'ri "Yuventus"ning bir qoldirilgan o'yini bor ("Atalanta"ga qarshi o'yin noqulay ob-havo sabab boshqa kunga qoldirildi). "Latsio" uchun har bir ochko oltindek qimmatli, agarda "Inter" "Milan"ni yutsa, "Roma" esa sensatsion ravishda "Napoli"ni mag'lub etsa, "Latsio" ikki pog'ona quyilashga majbur.Koeffitsientlar: 3,72 – 3,38 – 2,23Taxmin: 0:2"Leyptsig" - "Borussiya" Dortmund. Shanba, 22:30O'zaro o'yinlar: 3"Leyptsig" g'alabasi: 2Durang: 0"Borussiya" g'alabasi: 1To'plar nisbati: 4-3Bu o'yin ko'plab gollariga bizni "ko'mib" qo'yadigan, aqlli kombinatsiya va aqlbovar qilmas stsenariy bilan o'tsa ajab emas. Ikki jamoa ham kuchli raqib bilan chiroyli o'yinni yaxshi ko'radi.Ayni damda "Borussiya" "Leyptsig"ni turnir jadvalida 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Germaniya chempionatida hali ham intriga bor, biroq bu "Bavariya"ga tegishli emas. EChL uchun kurash juda qattiq va dahshatli bo'ladi. Hozircha "Borussiya" ikkinchi o'rinda ketmoqda, biroq vaziyat yaxshi emas. Dortmundliklar ikki turdan keyin 6-o'ringacha tushib ketishlari mumkin."Leyptsig" va "Borussiya" hozirda evrokuboklardagi ishtirokini davom ettirmoqda. "Buqalar" "Zenit" bilan to'qnash kelishsa, "Borussiya" "Zaltsburg"ga qarshi to'p suradi.Birinchi davrada Xazenxyuttl shogirdlari Peter Boshning "arilari"ni mag'lub etishgandi. Ko'ramiz, Dortmund revansh olishni uddalarmikin?!Koeffitsientlar: 2,65 – 3,70 – 2,83Taxmin: 1:1."Liverpul" - "Nyukasl". Shanba, 22:30O'zaro o'yinlar: 172"Liverpul" g'alabasi: 81Durang: 42"Nyukasl" g'alabasi: 49To'plar nisbati: 298-210Rafa Benites sobiq jamoasi bilan Evropa chempionlar ligasini yutgan. Bu esa ispaniyalik mutaxassisning uchrashuvga alohida e'tibor berishini anglatadi, demak, "Liverpul" yoki "Nyukasl"ga baho berishga shoshilmang.Klopp va Benitesning jamoalarida umuman boshqacha vazifalar bor. Qizillar mavsumni kuchli to'rtlikda yoki undan yuqoriroqda, EChL pog'onasida yakunlashga intilmoqda. Mersisaydliklar "Manchester Yunayted"dan kichik farq bilan ortda qolmoqda. "Siti"ga esa etib olishning iloji yo'q."Nyukasl" esa APLdagi o'rnini saqlab qolishga intilmoqda. "Qarg'alar"ni xavfli hududdan ikki pog'ona ajratib turibdi. Tez orada muxlislar Saloh, Firmino va Manelar ishtirokidagi dahshatli o'yinni tomosha qilishadi.Koeffitsientlar: 1,23 – 7,70 – 15,25Taxmin: 4:1."Napoli" - "Roma". Shanba, 22:45O'zaro o'yinlar: 145"Napoli" g'alabasi: 43Durang: 51"Roma" g'alabasi: 51To'plar nisbati: 159-185"Napoli" A Seriyaning so'nggi 10 uchrashuvida g'alabaga erishdi va buni davom ettirishni istaydi. Bo'lajak uchrashuvda neapolliklar asosiy futbolchisisiz o'ynashi mumkin. Marek Gamshik shamollagani sabab maydonga tushmasligi mumkin. Favzi G'ulom esa jarohat olgan."Roma"da esa yo'qotishlar yo'q, jamoa optimal tarkib bilan o'yinga tayyorlanmoqda. Biroq so'nggi vaqtlarda rimliklar tez-tez mag'lub bo'lmoqda. Shu boisdan "Napoli" bilan bahsda ularning imkoniyati unchalik yuqori emas. Biroq, bahsda yuqori ishtiyoq va shiddat bo'lishi aniq.Koeffitsientlar: 1,63 – 4,4 – 6,00Taxmin: 2:0.
« Xabarlarga qaytish