LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:48
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Qashqadaryo va Navoiy viloyatida 5 yosh toifasidagi guruhlarda Respublika birinchiligining dastlabki
O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimi asosida yurtimizning barcha hududlarida 13 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan beshta yosh toifadagi guruhlarda futbol bo'yicha Respublika birinchiligining dastlabki bosqich musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqich bahslari Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida  bo'lib o'tyapti.Musobaqada g'olib chiqqan jamoalar O'FAning 2018 yil taqvim rejasiga asosan o'tkazilishi rejalashtirilgan Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
« Xabarlarga qaytish