Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Abdumavlon Abdujalilov: “Bunday fantastik muhitda o'ynashni barcha istaydi”
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov jamoaning Superligadagi ilk o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kuni kecha mahoratli darvozabon “Neftchi” klubi rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.– Abdumavlon, dastlab Farg'onada bo'lib o'tgan “Nasaf”ga qarshi bahs haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz ?– Ko'pchilik ta'kidlab o'tganidek, muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin guvohi bo'ldik. Ilk o'yinimiz bo'lgani uchun baribir biroz futbolchilar bir-birlarini tushinishlari qiyin kechdi. Bu vaqtincha holat sanaladi. Umuman olganda, “Neftchi” yaxshi o'yin ko'rsatdi.– Hozir “Neftchi” futbolchilari orasida qanday muhit mavjud?– Ichki muhit a'lo darajada deyishim mumkin. Futbolchilarni ko'zida shijoat bor. Klubdagi o'zgarishlar ijobiy natija bermoqda. Ayniqsa jamoaga haqiqiy futbolning jonkuyar insonlari rahbar bo'lganini alohida aytib o'tish o'rinlidir. Klubda bizga hamma sharoitlar yaratib berilgan.– “Nasaf” Sizda qanday taassurot qoldirdi?– Qarshi jamoasi garchi etakchilarini boshqa jamoalarga qo'yib yuborgan bo'lsada, o'tgan yilgidek kuchli jamoa deb o'ylayman. O'yin uslubi o'zgarmagan.– Stadiondagi muhit haqida bahs ishtirokchisi haqidagi fikrlaringiz?– Fantastik muhit! Maydondagi futbolchilar ham zavq bilan to'p surishdi. Har qanday futbolchi bunday o'yinda to'p surishni istaydi.– Farg'onaliklarning ishqibozligi borasida munosabat bildirsangiz?– Muxlislarga katta rahmat! Faqat qoyil qolish kerak. O'yinda muxlislar futbolchilarni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab borishdi.Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi
« Xabarlarga qaytish