Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:58
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
E'lon qilinmagan tashrif: Bashar Asad Moskvada

14 SENTYABR, 20:15 21

.

Suriya prezidenti Bashar Asad e'lon qilinmagan tashrif bilan Moskvaga keldi va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv o'tkazdi. Putin uchrashuv chog'ida Asadni Suriya prezidenti saylovlaridagi g'alaba bilan tabriklagan va uning mamlakatni tiklashdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholagan.

“Bizning birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan Suriyaning asosiy, katta hududi ozod qilindi. Terrorchilarga jiddiy talafot etkazildi va Suriya hukumati siz boshchiligingizda o'z hududining 90 foizini nazorat qilmoqda”, deb yuzlangan Rossiya prezidenti suriyalik hamkasbiga.

Putinning fikricha, Suriyadagi bosh muammo u erda BMT va Suriyaning ruxsatisiz xorijiy davlatlar qurolli kuchlari qolayotgani hisoblanadi. Rossiya rahbari “Suriyada hamon terrorchilar tomonidan qarshilik ko'rsatish o'choqlari qolayotgani, biroq shunga qaramay ozod qilingan hududlarga qochqinlar faol qaytayotganini” qayd qilib o'tgan.

O'z navbatida, Bashar Asad Suriyada o'tkazilgan siyosiy jarayonlar “3 yildan beri to'xtab qolganini” aytgan. “Suriyada siyosiy jarayonlarni o'tkazishga har tomonlama qarshilik qilayotgan muayyan davlatlar mavjud. Boshqa omillar ham bor, biroq biz ularni anglaymiz va dolzarb masalalarni hal qilish uchun imkoni bor ishni qilmoqdamiz”, deb aytgan Asad. U Moskvaga ko'rsatilayotgan insonparvarlik yordami va Suriyadagi vaziyat bo'yicha pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan Bashar Asad mamlakatda 26 mayda o'tgan oxirgi prezident saylovlarida ham 95,1 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™