Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:03
telegram
DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi

 25 NOYABR, 15:10 6

.

2021 yilning 25 noyabr kuni Davlat bojxona qo'mitasida Markaziy bojxona laboratoriyasiga Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy maqomi berilishiga va DBQ Bojxona institutida “Bojxona ishi” bakalavriat ta'lim yo'nalishini PICARD professional standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o'tkazilganligi bo'yicha sertifikatni tantanali taqdim etish marosimiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.

Tadbirda Jahon bojxona tashkilotining Bosh kotibi Kunio Mikuriya, Jaxon Bankining O'zbekistondagi vakili Raul Feliks Yunkera-Varela, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, hamda Rossiya Federatsiyasi bojxona laboratoriyalari vakillari, Markaziy apparat shahsiy tarkibi hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi
DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi

2019 yilda Kunio Mikuriyaning O'zbekistonga bo'lgan tashrifidan so'ng, Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha tasdiqlangan “Yo'l xaritasi”ga binoan O'zbekistonda bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:

2020 yilda O'zbekistonning tashqi savdo sohasida xalqaro darajada e'tirof etilgan hujjatlar – Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish bo'yicha Kioto Konventsiyasi va Vaqtincha olib kirish bo'yicha Istanbul Konventsiyasiga qo'shilgani mamlakatimizdagi tadbirkorlik va investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi;

2021-2023 yillarga mo'ljallangan Jahon bojxona tashkiloti va Shveytsariya Iqtisodiy hamkorlik Kengashi (SECO) o'rtasida amalga oshiriladigan “Savdoni soddalashtirish global dasturi”ga qo'shildi;

“Yagona darcha” bojxona milliy tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Jahon bojxona tashkilotiga a'zo davlatlarning “Yagona darcha” tizimini qo'llash bo'yicha standartlari, amaliyoti o'rganib chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (2020 yil 1 yanvardan boshlab;

O'zbekiston bojxona xodimlari uchun Jahon bojxona tashkilotining “Elektron bojxona Akademiyasi” hamda CLiKC (Bojxona ta'limoti va o'quv tizimi) elektron ta'lim portalidan foydalanish imkoniyati yaratildi.


DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi
DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi

Shuningdek “Ayritom”, “Olot”, “Yallama”, “Farg'ona”, “G'ishtko'prik” chegara bojxona postlari yangicha zamonaviy qiyofa kasb etib, dunyoning ilg'or texnologiyalari bilan jihozlandi.

Ayniqsa Afg'oniston, umuman, Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirishda muhim o'rin tutuvchi, ikki davlat o'rtasidagi yagona o'tkazish punkti hisoblanuvchi “Ayritom” chegara bojxona posti xalqaro standartlar asosida qayta qurildi va jihozlandi.

Chegara bojxona postlarida qo'shimcha 4 ta zamonaviy inspektsion-ko'rik majmuasi o'rnatildi.

Mazkur islohotlar natijasida hozirda yangi O'zbekiston bojxonasi nafaqat mintaqada, balki dunyoda ilg'or bojxona ma'muriyatiga aylanmoqda.

Bo'lib o'tgan tadbir ushbu islohotlarning davomi sifatida, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi laboratoriyalar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, Jahon bojxona tashkilotining Markaziy Osiyodagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida Davlat bojxona qo'mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasiga Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomi berilishiga bag'ishlandi.

Tadbir ishtirokchilari yo'l xaritasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va muhim vazifalardan biri hisoblangan ushbu “tarixiy xujjat”ning, ya'ni Anglashuv Memorandumining imzolash marosimi guvohi bo'lishdi.

Ushbu maqomga loyiq deb tan olinish uzoq muddatli mashaqqatli mehnat natijasidir.

Davlat bojxona qo'mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasini jahon standartlari darajasiga etkazish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Laboratoriyaning barcha xonalari Jahon bojxona tashkiloti standartlari asosida loyihalashtirilgan va qurilgan, xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilingan holda faoliyat olib boriladi, etakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy yuqori texnologik, yuqori aniqlikka ega uskunalari bilan jihozlangan.

Markaziy bojxona laboratoriyasini xalqaro “ISO 17025-2019” standarti talablariga mosligi aniqlanib, tegishli akkreditatsiya guvohnomasi berildi.


DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi

Davlat bojxona qo'mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berilishi bojxona organlarining fiskal funktsiyalarini amalga oshirishni takomillashtirishda o'z samarasini beradi.

Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomining berilishi:

mintaqadagi davlatlar bojxona laboratoriyalari bilan hamkorlikda tadqiqot va ishlanmalar hamda tahliliy sharhlar tayyorlashga Markaziy bojxona laboratoriyasi mintaqadagi bojxona xizmatlariga maslahatlar, tavsiyalar berish, ularning mutaxassislarini o'qitish bo'yicha konsultatsiya va o'quv mashg'ulotlari o'tkazishga imkoniyat yaratib beradi;

Jahon bojxona tashkiloti, uning mintaqaviy bojxona laboratoriyalari va tashkilotning boshqa ishtirokchilari tashkil etadigan konferentsiya, forum, konsultatsiya, seminar, simpozium, davra suhbati va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga zamin yaratadi.


DBQning Markaziy bojxona laboratoriyasiga mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomini berildi

Yana tadbirda DBQ Bojxona institutida Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya ishtirokida institutning “Bojxona ishi” ta'lim yo'nalishini JBTning PICARD xalqaro standartlariga muvofiqligi bo'yicha akkreditatsiyadan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomani tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, bojxona sohasida professional mutaxassis tayyorlash uchun xalqaro standartlar hisoblanuvchi – PICARD standartlari Jahon bojxona tashkiloti va Xalqaro bojxona universitetlari tarmog'i tomonidan 2005 yilda ishlab chiqilgan. Bugungi kunda Jahon bojxona tashkilotiga a'zo bo'lgan 183 ta davlatdan bor yo'g'i 10 ta davlatda 13 ta oliy ta'lim muassasasining ta'lim dasturlari ushbu standartlar bo'yicha akkreditatsiyadan o'tkazilgan.

Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona institutining “Bojxona ishi” ta'lim yo'nalishini ushbu standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o'tkazilishi institutda bojxona ishi sohasida xalqaro standartlarga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini xalqaro miqyosda tan olinishini anglatadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!