Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:56
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
“Bir kunlik to'y” komediyasining maxsus namoyishi o'tkaziladi

 13 OKTYABR, 19:30 5

.

Ertaga 14 oktyabr kuni soat 19:00 da Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to'y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo'lib o'tadi

Kinokartinada asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari ko'rsatiladi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid qiziqarli hodisalar aks ettirilgan.

Stsenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo'ja Abdug'aniev, muharrir Furqat Usmonov.

Aktyorlar Baxtiyor Turg'unov, Xayrulla Sa'diev, Matyoqub Matchonov, Muhabbat Abdullaeva, Asal Abdullaeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov boshqalar.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™