Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:53
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Atlantadagi hayvonot bog'ida 13 ta gorillada koronavirus aniqlandi

14 SENTYABR, 23:30 8

.

AQShning Atlanta shahridagi hayvonot bog'ida saqlanayotgan 13 ta gorillada koronavirus infektsiyasi aniqlandi.

Dastlabki taxminlarga ko'ra, jonivorlarga virus kasallik alomatlari sezilmagan bog' xizmatchisidan yuqqan bo'lishi mumkin.

"The Guardian" nashrining yozishicha, hayvonlar yo'talishni boshlagan. Ularda burun oqishi kuzatilib, ishtaha yo'qolgan. Olingan sinov natijalariga ko'ra, 20 ta gorilladan 13 tasi "COVID-19" bilan zararlangani ma'lum bo'lgan.

Hozirda hayvonot bog'i xodimlari kasal jonivorlarning ahvolini kuzatib bormoqda. Ularning so'zlariga ko'ra, infektsiyadan 60 yoshli gorilla yoshi tufayli ko'proq zarar ko'rishi mumkin.

Tiklanishdan keyin hayvonlar maxsus vaktsina emlanadi. Yaqin kunlarda bog'dagi orangutanlar, yo'lbarslar, sherlar va boshqa jonivorlarga vaktsina qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™