Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:28
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Andijonda soyga ko'prik yasab, odamlarni pulga o'tkazgan “uddaburonga” chora ko'rildi

 13 OKTYABR, 12:10 14

.

Andijon viloyati Buloqboshi tuman hokimligi xabariga ko'ra, 2021 yilning iyul oyidagi tabiiy ofat oqibatida Aravonsoy ko'prigi yaroqsiz holatga kelib qolgan va undan foydalanish to'xtatilgan.

10 oktyabr kuni “Bozorboshi” MFY yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.I. soyga ikkita yog'ochdan iborat ko'prik yasab, odamlarni 1000 so'm evaziga o'tkazib qo'yishni “biznes” qilib olgan.

Bu holat o'rganilib, Buloqboshi tumani sudida ko'rib chiqilgan. N.I. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 200- moddalari (o'zboshimchalik) bilan aybdor deb topilgan. Sud unga 7 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Hokimlik hozirda ko'prikni qurish va ta'mirlash ishlari boshlanganini qo'shimcha qilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™