Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:58
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani rostmi?

14 SENTYABR, 22:20 7

.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani va haqoratlangani aytilgan videolar tarqaldi. Fuqarolar bilan ziddiyatga borganlar Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlari ekanligi aytilmoqda.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, holat yuzasidan bugun, 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

«Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o'rnatilgan» – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazilayotganini, natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot berilishini ma'lum qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™